Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida.
янв.21
Депутат давлат дастурига тушган лойихаларни бориб ўрганди.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz!
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.
янв.21
Deputat ichimlik suvi inshoatlari holati bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Tuman deputati o'zi saylangan okrugdagi 53-umumta'lim maktabida o'quvchi yoshlar bilan o'chrashdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KK-54-V-sonli qarorining ijrosi
янв.21
Tuman deputati o'zi saylangan okrugda bo'ldi
Deputatlar nuroniylar bilan birga

                      Piskentda “Nuroniylar maskani” ochildi

        Piskent tumanida keksalarga munosib shart-sharoit yaratishga qaratilgan “Nuroniylar maskani” tantanali ravishda ochildi.

        Zamonaviy me’moriy uslubda qurilgan mazkur maskanda 50 o‘rinli majlislar zali, tibbiyot va sport xonasi, “Buvijonlar maktabi”, kutubxona va dam olish hududlari mavjud bo‘lib, u 12 188 nafar yoshga doir pensiya oluvchilarning ehtiyojlari inobatga olingan holda tashkil etilgan.

        Ochilish marosimida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev, viloyat jamg‘armasi rahbari Abdusamad Nosirov hamda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov ishtirok etib, nuroniylarni samimiy tabrikladilar.

       Ular mazkur maskan faqatgina dam olish joyi emas, balki nuroniylar hayotini yanada mazmunli va faol etishga xizmat qilajagini ta’kidladilar. “Nuroniylar maskani” keksalar uchun sukunat, yoshlar uchun esa ma’rifat va ibrat o‘chog‘idir.

Slide 1 of 8