DЕPUTAT O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BЕRDI
Payariq tumani Ahmad Yassaviy mahalla binosida 14-Obod saylov okrugidan Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati Shamsiyev Jasur o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida deputat 2025-yilning birinchi choragida o‘z saylov okrugi doirasida olib borgan ishlari, aholi murojaatlariga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda yo‘lni ta’mirlash, eletrtarmoqlari va ijtimoiy masalalar bo‘yicha fuqarolarga batafsil ma’lumot berdi.