Deputat G‘ayrat Boysariyev saylovchilar oldida axborot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 1-Dehqonobod saylov okrugi deputati G‘ayrat Boysariyev o‘z saylov okruglarida joylashgan “Dehqonobod” hamda “Paxtachi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berdi. Uchrashuv jarayonda saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Tegishli idora va tashkilotlar vakillarining ishtirokida aksariyat muammolar shu yerning o‘zida hal etilib, mutassadilarga kerakli tavsiyalar berildi.