11-aprel kuni xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashiga 11-Adas Saylov okrugidan saylangan deputat Usmonov Azamat Murtozayevich saylov okrugidagi saylovchilar oldida 2025-yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Deputat o‘z axborotida hududda amalga oshirilgan ishlar, aholining muammolari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlarning natijalari, hududiy dasturlarning ijrosi, shuningdek, Kengash faoliyati vakolatiga doir masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Yig‘ilish yakunida fuqarolarning muammolari yuzasidan berilgan savollarga javob berilib, "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda deputatlik faoliyati olib borish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga borgan holda o'rganish ishlari tashkil etildi.