Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati Muxsiddin Nizomidinov Parkent tumani 57-maktabida bo'ldi. Deputat maktab faoliyatida yaratilgan sharoitlar, jumladan moddiy-texnik ta'minoti, laboratoriya xonalari va inklyuziv sinflarning holatini ko'zdan kechirdi.
Xususan 2024-yilda tashabbusli budjet loyihasi asosida xarid qilib olingan 30 dona interaktiv doskalar, 100 o'rinli oshxona jihozlarini ko'rib chiqildi. Deputatning o'rganish ishlari davom etmoqda.