YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI TUMAN MOLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov tuman moliya bo‘limida bo‘ldi.
🔎Moliya bo‘limining faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy savodxonligini oshirishga oid masalalarga e’tibor qaratildi.
👍 Bunday hamjihatlik yoshlarning davlat tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishishi, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishi hamda hudud rivojiga qaratilgan tashabbuslarini ilgari surishida muhim ahamiyat kasb etadi.