#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#Yoshlar_maslahat_guruhi
📍 YOSHLAR MUAMMOLARI VA TAKLIFLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi, 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahallasida yoshlarning muammo va takliflari mahalla nuroniysi bilan hamkorlikda o‘rganildi.
🤝 Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🗣 Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishini oshirish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi. Mahalla nuroniylarining hayotiy tajribasi, pand-nasihatlari va tavsiyalarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati qayd etildi.
✅ O‘rganish davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga yechim topish hamda yoshlar manfaatlarini ta’minlash yo‘lida hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
🌱 Yoshlar muammosiga befarq bo‘lmaslik — ularning ishonchi va kelajagiga e’tibor demakdir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube