Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
“KATTA JARARIQ” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, AYRIM MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ “KATTA JARARIQ” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, AYRIM MUAMMOLAR JOYIDA HAL ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umid Sanakulov tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Katta Jarariq” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hududdagi mavjud infratuzilmaviy muammolar, kommunal xizmatlar sifati hamda fuqarolarning kundalik turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔺 O‘rganishda Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati K. Karimov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Asadullayev, mahalla faollari, boshqaruv servis kompaniyalari raislari hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolarni bevosita deputatga yetkazib, mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash, ta’mirtalab ko‘chalarni tartibga keltirish, tungi yoritish tizimini takomillashtirish hamda piyodalar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan takliflarini bildirdilar.

💡 Xususan, mahalla ichki ko‘chalarini ta’mirlash va kechki vaqtda yoritishni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur muammolarni bartaraf etish aholining kundalik harakatlanishida qulaylik yaratish bilan birga, hududda xavfsiz muhitni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

🚰 Shuningdek, fuqarolar tomonidan ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minotini barqarorlashtirish, kommunal xizmatlarning uzluksizligi va sifatini oshirish bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi. Ushbu masalalarni mas’ul xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.

♻️ Mahallada maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ko‘p qavatli turar joylar atrofining sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi yashash hududlarida ozodalikni ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.

🏢 Uchrashuvda ishtirok etgan boshqaruv servis kompaniyalari raislari bilan ko‘p qavatli uylar hovlilarini obodonlashtirish, umumiy foydalanishdagi hududlarni tartibga keltirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

📋 Bolalar va yoshlar uchun sport hamda o‘yin maydonchalarini tashkil etish masalasi ham fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muhim takliflardan biri bo‘ldi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va bolalar uchun xavfsiz dam olish maskanlarini yaratish mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

📉 Mazkur o‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi, jumladan, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, ichimlik suvi hamda elektr energiyasi ta’minoti, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni obodonlashtirish va sport infratuzilmasini yaxshilash vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🤝 Deputat fuqarolarning har bir murojaatini tinglab, ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, mavjud muammolarga manzilli yondashish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

✅ O‘rganish davomida ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha vaqt va mas’ul tashkilotlar ishtirokini talab qiladigan murojaatlar esa tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

⚖️ Uchrashuv yakunida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ko‘p qavatli uylar hovlilarini obodonlashtirish hamda bolalar va yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratishga oid masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

📁 Deputat Umid Sanakulov tomonidan “Katta Jarariq” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarning amaliy yechimiga ko‘maklashish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3