Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA. HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR HAMDA “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TOZA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
DEPUTATLARNING ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILMOQDA

DEPUTATLARNING ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILMOQDA

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 35-sessiyasida deputatlarning odob-axloq qoidalarini takomillashtirish, deputatlik faoliyatida ochiqlik, xolislik va mas’uliyatni yanada kuchaytirish maqsadida tegishli o‘zgartirish kiritish masalasi ko'rib chiqildi.

📑 Jumladan, Kengashning 2023-yil 26-avgustdagi VI-91-100-7-101-K/23-sonli qarori bilan tasdiqlangan deputatlarning odob-axloq qoidalaridagi 34-band yangi tahrirda bayon etilmoqda.

🔎 O‘zgartirishda quyidagi muhim talablar belgilanmoqda:
🤩 Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik — deputat o‘z vakolatlarini vijdonan bajarishi, shaxsiy manfaatlari xizmat vazifalariga ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.

🤩 Xolislik va oshkoralik — sessiya, doimiy komissiya yoki partiya guruhi majlisida deputatning shaxsiy manfaatdorligi bilan bog‘liq masala ko‘rilganda, bu haqda raislik qiluvchini oldindan xabardor qilishi shart.

🤩 Boshqalarga bosim o‘tkazishni taqiqlash — deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlarini shaxsiy manfaatlarni ko‘zlovchi harakatlarga yoki harakatsizlikka majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

🤩 Manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish — deputat boshqa deputatlarga nisbatan o‘ziga ma’lum bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida Kengash raisiga ma’lum qilishi lozim.

🤩 Xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik — xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni yashirish yoki bila turib noto‘g‘ri axborot taqdim etish taqiqlanadi.

📌 Shuningdek, deputatga aloqador shaxslar doirasi ham aniq belgilab berilmoqda. Ular jumlasiga deputatning yaqin qarindoshlari, deputat yoki uning yaqin qarindoshlari ulushga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek ular boshqaruv organida rahbar yoki a’zo bo‘lgan yuridik shaxslar kiradi.

📱 Asosiy maqsad — deputatlik faoliyatida halollik, xolislik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda fuqarolar ishonchini yanada oshirish.

👍 Deputatning har bir qarori va harakati, avvalo, xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozim!