MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati E.Babayev tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasi hududida joylashgan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida ayrim xonalarda gilamlar mavjud emasligi aniqlandi. Bu holat kuz-qish mavsumida bolalar uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkinligi inobatga olinib, mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda ko‘rib chiqish va zarur choralarni belgilash masalasi ko‘rib chiqildi.
Bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ta’lim-tarbiya jarayonida zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida.