Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “FERMER XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNI BEPUL DORI-DARMONLAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TEZ TIBBIY YORDAM AVTOMOBILLARI HARAKATI UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH MASALASIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGA QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI QURISH YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
DEPUTAT JASORAT MAKTABI O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH MAROSIMIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: QONUN IJROSI VA SOHA FAOLIYATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Murojaat_ijrosi

“Limonzor” MAHALLASIDA KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB QONUNCHILIK IJROSI VA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILDI

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini bevosita xonadonlarda tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 17-“Limonzor'” saylov okrugidan saylangan deputat Shaydilov Safar Normuratovich "Limonzor" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha va xonadonbay yurgan holda fuqarolar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazdi.

1. “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi:

Mahallani zamonaviy qiyofaga keltirish, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti va kommunal infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi;

2. Aholi murojaatlari va xonadonbay tahlil:

Nuroniylar va mahalla ahli bilan muloqot o‘tkazilib, aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak, ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq dolzarb masalalari o‘rganildi;

3. Qonunchilik va tavsiyalar nazorati:

Deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan 162 ta qonun hujjati hamda 24 ta tavsiyaning mahalladagi ijro etilishi holati chuqur tahlil qilindi.

AMALIY YECHIM VA QAT’IY NAZORAT:

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolarni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga DEPUTATLIK SO‘ROVLARI yuborilishi va ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan qat’iy nazorat qilib borilishi belgilandi.

"Deputatning o‘rni — xalq orasida! Har bir xonadonga kirib, aholi dardi bilan yashash va muammolarga amaliy yechim topish bosh maqsadimizdir!"

Slide 1 of 1