Aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning manzilli yetib borishini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Ye.Surmilova tomonidan “Do‘stlik” mahallasida o‘rganish olib borildi.
Mahalladagi holat:
Bugungi kunda mahallada jami 91 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. Shundan:
🔹 11 nafari — I guruh;
🔹 71 nafari — II guruh;
🔹 9 nafari — III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardir.
O‘rganish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
▪️ Ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolarning ehtiyojlarini individual tartibda o‘rganish va ularga manzilli xizmat ko‘rsatish;
▪️ Davolanish xarajatlarini qoplash hamda tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari;
▪️ Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati;
▪️ Ehtiyojmand fuqarolarni har uch oyda oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami bilan ta’minlash;
▪️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarni adaptiv sport turlariga jalb etish, ularning jamiyatga integratsiyalashuvi hamda belgilangan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari.
O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni hal etish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.