Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: “FERMER XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: QANDLI DIABET BILAN OG‘RIGAN BEMORLARNI BEPUL DORI-DARMONLAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TEZ TIBBIY YORDAM AVTOMOBILLARI HARAKATI UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH MASALASIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGA QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI QURISH YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
DEPUTAT JASORAT MAKTABI O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH MAROSIMIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: QONUN IJROSI VA SOHA FAOLIYATI O‘RGANILDI
AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI

 
AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati N.Dedaxanova Mizrarovot mahallasi raisi bilan uchrashib, hudud aholisini qiynayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.

Suhbat davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy va maishiy muammolar, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholining turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mahalla hududidagi muammolarni chuqur o‘rganish, aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1