O‘rganish davomida Book-kafe uchun yaratilayotgan sharoitlar, qurilish-montaj ishlarining borishi hamda mazkur maskanni o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va kitobxonlikka yo‘naltirilgan muhitga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur loyiha o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Deputat tomonidan qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda kelgusida Book-kafedan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Kitobxonlik muhiti — yoshlar kelajagi uchun muhim qadam!