Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PARKENTSOY TURAR JOY MAJMUASIDA CHIQINDI YIG‘ISH JOYINI TASHKIL ETISH MASALASI — DEPUTAT SO‘ROVIDA
янв.21
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI HAMDA HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR HOLATI O'RGANILDI
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI VA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O'RGANILDI
янв.21
QONUN IJROSI VA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA: DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NORMA IJODKORLIGI VA YANGI QABUL QILINGAN QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI YUZASIDAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🔽Rabot mahallasida kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

🔽Rabot mahallasida kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Rabot” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📌Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan oilalar bilan manzilli ishlash, ularning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish, zarur hollarda imtiyozli kredit va boshqa ko‘maklardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
📌O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📌Aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 6