Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI VA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
2-SONLI “LOLA” DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
OLIY TA’LIMNI TAMOMLAGAN YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBORDAGI MASALA
янв.21
MAKTABGA QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI QURILISHI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT: AHOLI HUQUQIY MANFAATLARI YO‘LIDA HAMKORLIK
янв.21
“INNOVATSION FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI HAMDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
OAV BILAN HAMKORLIK — OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING MUHIM OMILI
янв.21
JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA!
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI YUZASIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI

Yunusobod tumanidagi 258-sonli umumta’lim maktabida “Avlodlar vorisligi — yurt taraqqiyoti poydevori” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

✅Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisi, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, senator R. Kalonov, Yunusobod tumani Kengashi deputati
I. Ashrapova, mahalla “yettiligi”, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar hamda Xalq deputatlari ishtirok etdi.

✅Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda nuroniylar o‘zlarining hayotiy tajribalari va qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlar esa o‘zlarining erishgan yutuqlari haqida so‘zlab, kelajakdagi maqsadlari bilan bo‘lishdilar.

🌿Uchrashuv davomida avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning hayotiy tajribadan saboq olishi va nuroniylar bilan samimiy muloqotini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3