Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
DEPUTAT JASORAT MAKTABI O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH MAROSIMIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: QONUN IJROSI VA SOHA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIDAGI MUAMMO YUZASIDAN RASMIY JAVOB BERILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN SESSIYA OLDI O‘RGANISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARXLARI VA TA’MINOT HOLATI O‘RGANILDI
Shahrimizda yangi xonadonlar bunyod etilmoqda

Shahrimizda yangi xonadonlar bunyod etilmoqda

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamalov shahar hududida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Xususan, Hamroh ko‘chasida “Istiqlol javohiri” XK tomonidan barpo etilayotgan 9 qavatli, 64 xonadonli, shuningdek, Boburshoh ko‘chasida “Progress Global Logistic” MChJ tomonidan qurilayotgan 7 qavatli, 36 xonadonli uy-joylar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining sifati, obyektlarning belgilangan rejaga muvofiq borishi, qurilish jarayonida amaldagi talab va me’yorlarga rioya etilishi hamda ishlarni yakunlash muddatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish hamda obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shahrimizda zamonaviy, shinam, qulay va sifatli uy-joylar barpo etish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7