Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
Tuyagum mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi


Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash va ta’mirlash ishlarining sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida hududlardagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi, deputat A.Mahkamov hamda doimiy komissiya a’zosi S.Azizov tomonidan 12-Toshkesar saylov okrugiga qarashli Tuyagum mahallasida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarning holati, xususan, Temurmalik ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq qabul qilingan. Qaror bilan Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlangan.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlarining tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiqligi, yo‘l qoplamasining amaldagi holati, bajarilgan ishlarning sifati hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ayni paytda Temurmalik ko‘chasida asfaltlash ishlari boshlangan. Biroq o‘rganish vaqtida yo‘lning ayrim qismida ishlar hali to‘liq yakunlanmagani aniqlandi. Shu munosabat bilan mas’ullar bilan bog‘lanilib, qolgan ishlarni yakunlash masalasi muhokama qilindi.

Mas’ullar tomonidan asfaltlash ishlarining qolgan qismini ham qisqa muddatlarda to‘liq yakunlash rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Deputatlik nazorati davomida mazkur va’dalarning amaliy ijrosi, ishlarning sifati hamda yo‘lning belgilangan talablar asosida foydalanishga topshirilishi ham nazorat qilinadi.

Ta’kidlash joizki, yo‘l ta’miri faqat asfalt yotqizish bilan cheklanmaydi. Bajarilgan ishlarning sifati, yo‘l qoplamasining mustahkamligi va aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi ham muhim mezon hisoblanadi.

Shu bois Tuyagum mahallasidagi Temurmalik ko‘chasida olib borilayotgan ishlarning yakuniy natijasi deputatlik nazoratida qoladi.
м

Slide 1 of 6