Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
OLIY TA’LIMNI TAMOMLAGAN YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBORDAGI MASALA
янв.21
MAKTABGA QO‘SHIMCHA O‘QUV BINOSI QURILISHI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT: AHOLI HUQUQIY MANFAATLARI YO‘LIDA HAMKORLIK
янв.21
“INNOVATSION FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI HAMDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANDI
янв.21
OAV BILAN HAMKORLIK — OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING MUHIM OMILI
янв.21
JAMOATCHILIK MUHOKAMASIGA!
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI YUZASIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
BO‘RSILIQ MFY SAMAROBOD KO‘CHASIDAGI ESKI SIMYOG‘OCHLAR MASALASI DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA NAZORATGA OLINDI
янв.21
BOZORLARDAGI AHOLI ISTE’MOLI UCHUN ENG ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA MAHSULOTLARNING YETARLILIGI O‘RGANILDI
B.Marg‘iloniy mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputatlik nazoratiga olindi


O‘zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–940-son Qonuni ijrosi doirasida hududlarda elektr energiyasidan samarali va ishonchli foydalanish bilan bog‘liq masalalar ham deputatlik nazorati asosida o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Alijonova hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan 21-B.Marg‘iloniy saylov okrugi hududidagi “B.Marg‘iloniy” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat bildirildi.

Jumladan, mahallaning Baxt va Hidoya ko‘chalaridagi elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 250 kVA quvvatli transformator punkti (250-TP) olib kelingan. Biroq transformator bir necha oy davomida o‘rnatilmasdan hududda turgan va keyinchalik shahar elektr tarmoqlari tomonidan qaytarib olib ketilgan.

Mazkur holat aholi uchun muhim bo‘lgan elektr ta’minoti masalasining amaliy yechimi kechikayotganini ko‘rsatmoqda. Transformatorning nima sababdan o‘rnatilmagani, nima uchun qaytarib olib ketilgani va hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha keyingi choralar yuzasidan aniqlik kiritish zarur.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan ushbu murojaat deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, deputatlik nazoratiga olindi. Masalaning mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi va amaliy yechimi yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5