Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
219-sonli umumta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi
219-sonli umumta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-392-son “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o’rganish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva, 11-Umid saylov okrugi deputati K.Muxitdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixovlar Olmazor tumani “Umid” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 219-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi sport zalining holati bilan yaqindan tanishdilar.
🔎 O‘rganish davomida sport zalining moddiy-texnik holati, mavjud sport jihozlari va anjomlari, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport mashg‘ulotlaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

⚽️ O‘quvchilarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda maktab sport zallarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Slide 1 of 3