Obod mahallada murojaatlar asosida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T.Gapparov, shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda hudud deputati A.Rahmatulloyev tomonidan Obod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida mas’ul idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida aholini qiynab kelayotgan suv va kanalizatsiya sohalariga oid masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaat yuzasidan mutasaddilarning fikr-mulohazalari eshitilib, muammolarning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda hal etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mazkur masala ijrosi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.