Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
JAMOAT TRANSPORTI: QATNOVLAR MUNTAZAMLIGI, XIZMAT SIFATI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLAR QARORI — TUMANIMIZ RIVOJI VA AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM
янв.21
UMUMTA’LIM MAKTABINING SPORT ZALI VA UNDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, JIHOZLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI BILAN BOLALAR SPORTI VA SAN’ATIGA 195 MILLION SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI!
янв.21
AHOLI EHTIYOJLARI O‘RGANILDI: BOZORDAGI NARX, SIFAT VA MAHSULOTLAR MAVJUDLIGI NAZORATDA
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA QATNOVLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bandligi — doimiy e’tibor va amaliy yondashuvni talab qiladigan muhim masala.
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan fuqaro murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimligidan rasmiy javob kelib tushdi.

Avvalroq Qo‘qon shahar “G‘ishtlimashjid” MFY, Zarbona ko‘chasi 39A-uyda yashovchi fuqaro G.Abdumahadovaning 2021-yil 15-iyulda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi Aliyeva Robiyaxonni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasida murojaati deputatlik so‘rovi asosida o‘rganilgan edi.

Mazkur murojaat shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijasida fuqaro G.Abdumahadovaning murojaati ijobiy hal etilib, uning voyaga yetmagan farzandi Aliyeva Robiya Qo‘qon shahridagi “G‘ishtlimashjid” MFY hududida joylashgan 46-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga (46-DMTT) joylashtirilganligi ma’lum qilindi.

Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala to‘liq va ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi