DEPUTAT UCHUN ENG KATTA SHARAF — XALQ MINNATDORCHILIGI!
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Turayev Feruz Erkinovich tomonidan hududida olib borilayotgan deputatlik faoliyati davomida fuqarolarning murojaatlari va muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning taklif va muammolarini tinglash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim izlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Aholi tomonidan bildirilayotgan samimiy minnatdorchilik va iliq fikrlar esa deputat uchun katta sharaf, shu bilan birga, xalq ishonchini oqlash yo‘lidagi mas’uliyatni yanada oshiruvchi omildir.
🤝 Xalq bilan birga — muammolar yechimi sari!
🌿 Deputat uchun eng katta mukofot — fuqarolarning minnatdorchiligi va ishonchi!