Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR SPORTI — SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLOD POYDEVORI
янв.21
“TOLBULOQ” MFYDA YO‘L VA ELEKTR TA’MINOTI MASALALARI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTAB KUTUBXONASI — O‘QUVCHILAR MUTOLAASI VA MA’NAVIY RIVOJINING MUHIM MASKANI
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH HOLATI DEPUTATLAR NAZORATIDA

TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH HOLATI DEPUTATLAR NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi agrar, suv xo'jaligi va ekologik masalalri bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan mahallalarda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish holati o‘rganilmoqda.
🌱 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablari asosida quyidagi masalalarga e’tibor qaratilmoqda:
🔹 xonadonlardagi tomorqa yer maydonlari va ulardan maqsadli foydalanish holati;
🔹 ekinlarning hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos joylashtirilishi;
🔹 ertaki, o‘rtaki va to‘qsonbosti ekinlarini ekish holati;
🔹 issiqxonalar tashkil etilishi va ulardan samarali foydalanish;
🔹 chorva mollari va parrandalar soni hamda ularni ko‘paytirish imkoniyatlari;
🔹 urug‘lik, ko‘chat, mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlanganlik;
🔹 tomorqalarni sug‘orish va agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish holati;
🔹 yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish va xaridorlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari;
🔹 tomorqa xo‘jaligi orqali aholi daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash masalalari.
👥 Shuningdek, deputatlar tomonidan hokim yordamchilari, mahalla mas’ullari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda xonadonma-xonadon o‘rganishlar olib borilib, aniqlangan muammolar, ularning mas’ullari va bartaraf etish muddatlari belgilab olinmoqda.
📊 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholining qo‘shimcha daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan takliflar shakllantiriladi.
📌 Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, mas’ulni belgilash va ijroni nazorat qilishga qaratilgan. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!