Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR SPORTI — SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLOD POYDEVORI
янв.21
“TOLBULOQ” MFYDA YO‘L VA ELEKTR TA’MINOTI MASALALARI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTAB KUTUBXONASI — O‘QUVCHILAR MUTOLAASI VA MA’NAVIY RIVOJINING MUHIM MASKANI
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala

4-BAND IJROSI YUZASIDAN: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

✅Aholini kambag‘allikdan chiqarish, har bir oilaning doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash hamda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni manzilli yetkazish mahalliy Kengash deputatlari va kotibiyat xodimlarining doimiy nazoratidadir.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tuman Kengashining 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand oilalar daromadini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o‘rgandilar.

1. Daromad manbalarini kengaytirish:

✅Ehtiyojmand oilalarning mavjud imkoniyatlarini o‘rganib, ularni qo‘shimcha daromad manbalari bilan ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi;

2. Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish:

✅Fuqarolarni tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan keng foydalanishga yo‘naltirish, bo‘sh yerlardan va tomorqadan unumli foydalanishni tashkil etish;

3. Manzilli moliyaviy ko‘mak:

✅Mavjud imkoniyatlar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarni har bir ehtiyojmand xonadonga manzilli yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganishlar yakunida ehtiyojmand oilalarni daromadli faoliyatga jalb etish hamda ularning barqaror daromad manbalarini kengaytirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurati belgilandi. Mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ijro jarayoni nazoratga olindi.

"Kambag‘allikni qisqartirishning asosiy kaliti — har bir fuqaroni ishbilarmonlikka o‘rgatish va o‘z mehnatidan baraka topishi uchun sharoit yaratishdir!"

Slide 1 of 1