Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi

Jamoat xavfsizligi ta’minoti bo‘yicha hisobot ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 22-sentabrdagi VII-22-124-8-117-K/26-sonli qarori tasdiqlandi.

Kengash yig‘ilishida tumanda 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining hisoboti eshitildi.

Hisobot davomida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash hamda fuqarolarning osoyishtaligini asrash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

Shu bilan birga, faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolar deputatlar tomonidan muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Masala yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilandi.