Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#4_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Chinor” mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari deputatlik nazoratida

Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-“chinor” saylov okrugi deputat U.Jumayev okrugiga qarashli "Chinor" mahallasida , tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar “Chinor” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi faoliyati tahliliy ko‘rib chiqildi.

Nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-son Qonuni talablari asosida olib borildi.

Mas'ullar o‘rganish jarayonida kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, yaratilgan imkoniyatlarni aniq natijaga aylantirish hamda har bir xonadonning tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.

O‘rganish yakunida mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish sur’atini yanada oshirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish va ehtiyojmand oilalarni tadbirkorlik orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha hokim yordamchisiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati — mahalladagi imkoniyatlarni amaliy natijaga aylantirishga xizmat qiladi!

Slide 1 of 2