Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR SPORTI — SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLOD POYDEVORI
янв.21
“TOLBULOQ” MFYDA YO‘L VA ELEKTR TA’MINOTI MASALALARI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTAB KUTUBXONASI — O‘QUVCHILAR MUTOLAASI VA MA’NAVIY RIVOJINING MUHIM MASKANI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #10_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdulla Avloniy” mahallasida aholi ehtiyojlari va narx-navo masalasi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Abdulla Avloniy” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlarining 10-bandi — aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, ularning mavjudligi va yetarliligini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

Nazorat-tahlil jarayonida mahalla hududidagi savdo nuqtalarida aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarining mavjudligi, narx-navosi hamda aholining talab va ehtiyojlariga mos ravishda ta’minlanganlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, savdo nuqtalaridagi mahsulotlar assortimenti, xaridorlar uchun zarur tovarlarning yetarliligi, narxlarning shakllanishi va aholiga qulay sharoit yaratish masalalari yuzasidan tegishli holatlar tahlil qilindi.

Tadbir davomida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va mas’ullar bilan muloqot qilinib, aholini kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha masalalarga e’tibor qaratildi.

“24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasidagi bunday nazorat-tahlil tadbirlari mahallalardagi mavjud holatni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi ehtiyojlarini aniqlash hamda aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga xizmat qiladi.

Aholining kundalik hayotiga daxldor masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — aholi manfaatlari yo‘lida!