Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA QATNOVLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bandligi — doimiy e’tibor va amaliy yondashuvni talab qiladigan muhim masala.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADA OILALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH CHORALARI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ehtiyojmand fuqarolarni dori vositalari bilan ta’minlash masalalari mahalliy Kengash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-son Qonuni ijrosi doirasida 8-Maorif saylov okrugiga qarashli Chorchinor mahallasida aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi B.Obidov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida 3-oilaviy poliklinikaning Chorchinor mahalla filiali faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur tibbiyot maskani mahalladagi 3 853 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Filialda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish jarayoni, patronaj xizmati, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda fuqarolarning dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, filial faoliyatida 4 nafar patronaj xodimi, 2 nafar amaliyot xodimi, 2 nafar doya hamda 1 nafar mahalla shifokori — Rustamov Hojiakbar O‘ktamjon o‘g‘li ishtirok etmoqda.

O‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biri — fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Bu borada tegishli hujjatlar, mavjud tartib va aholining amaliy ehtiyojlari o‘rganilib, tibbiy xizmatdan foydalanishda fuqarolarning qonuniy huquqlarini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada avval aniqlangan ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari bilan bir qatorda, tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni ham manzilli o‘rganib borish zarurligi qayd etildi.

Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, fuqarolarning tibbiy xizmat va dori vositalari bilan ta’minlanishiga oid qonuniy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha ishlarni deputatlik nazoratida davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 5