Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR TINGLANIB, YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSK YORDAMIDA AHOLIGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahallalarda bandlikni ta’minlash — doimiy e’tiborda
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoniga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman Sanepid bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔴O‘rganish davomida korxona binosining devor va eshiklarida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid targ‘ibot va tushuntirish mazmunidagi e’lonlar joylashtirilganiligi, ushbu materiallar orqali xodimlar va fuqarolarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda qonunchilik talablari haqida umumiy ma’lumotlar yetkazib berilayotganligi aniqlandi.

🔴Shu bilan birga, korxona xodimlarining korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgani qayd etildi. Bu esa xodimlarning korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.

🔴Shuningdek, fuqarolar va korxona xizmatlaridan foydalanuvchi iste’molchilar uchun korrupsiyaviy holatlar, manfaatlar to‘qnashuvi yoki qonunbuzilish holatlari haqida ishonchli tarzda xabar berish mexanizmi yaratilmagani aniqlandi. Xususan, alohida murojaat kanallari, ishonch telefoni, elektron murojaat yoki boshqa qulay axborot berish imkoniyatlarini tashkil etish masalasiga yetarlicha e’tibor qaratilmagani ta’kidlandi.

🔴Doimiy komissiya tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka muntazam hisobotlar taqdim etib borish, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini ta’minlash yo‘nalishda tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4