Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TA’LIM MUASSASALARIDAGI SPORT ZALLARI HAMDA SPORT ANJOMLARINING MAVJUDLIGI VA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA SOHAGA OID QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA IMTIYOZLARIDAN FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Parkent tumani tashkil topganiga 100 yil to‘ldi!
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olishga e’tibor kuchaytirilmoqda
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlarining qonuniyligi Davlat arxitektura nazorati departamentiga yo‘llangan deputatlik so‘rovida ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Ahil” mahallasidagi qurilish ishlarining qonuniyligi Davlat arxitektura nazorati departamentiga yo‘llangan deputatlik so‘rovida ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov tomonidan Olmazor tumani “Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat arxitektura nazorati departamenti boshlig‘i B.P. Karimov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi Olmazor tumani 10-“Chuqursoy” saylov okrugidagi “Ahil” mahallasida mahalla raisi, faollari va aholi bilan olib borilgan o‘rganishlar davomida kelib tushgan jamoaviy murojaat asosida tayyorlandi. Murojaatda Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi hududida Rahimova Laylo Xayrulla qizi tomonidan 8 ta kottej qurilishi olib borilayotgani qayd etilgan.

🏗 Murojaatchilarning bildirishicha, qurilish ishlari 2026-yil 6-iyundan boshlangan bo‘lib, qo‘shni yer uchastkalari mulkdorlarining tegishli tartibdagi roziligi to‘liq olinmagan. Shuningdek, qurilayotgan obyekt derazalarining qo‘shni yer uchastkalariga qarashi, qurilishning avval rejalashtirilgan yo‘l o‘rnida va umumiy foydalanishdagi hududga tutash joyda olib borilayotgani yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.

⚠️ Fuqarolar tomonidan 0146-04-sonli SanQvaN talablarida belgilangan turar joy va xo‘jalik qurilmalari orasidagi masofa, yer uchastkasi chegarasidan bino devorigacha bo‘lgan masofa hamda yong‘inga qarshi oraliqlarga rioya etilishi yuzasidan ham xavotir bildirilgan.

📋 Mazkur holat yuzasidan fuqarolar avval ham mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilgan. Xususan, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2026-yil 7-iyuldagi 08/05-/1406-son xulosasida Olmazor tumani “Ahil” MFY, Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi 71-uydagi obyekt “o‘zboshimchalik bilan qurilgan” deb ko‘rsatilgan hamda qurilish ishlarini 15 kun muddatda o‘z hisobidan bartaraf etish lozimligi bildirilgan.

🔺 Biroq murojaatchilarning 2026-yil 21-avgustdagi murojaatida ushbu xulosa va ko‘rsatmaga qaramasdan, qurilish ishlari davom ettirilayotgani qayd etilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Saidmurod Ismailov Davlat arxitektura nazorati departamenti boshlig‘i B.P. Karimovdan Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasi 71-uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligini o‘rganish, obyekt bo‘yicha zarur ruxsat beruvchi hujjatlar, loyiha hujjatlari va tegishli kelishuvlar mavjudligini aniqlashni so‘radi.

⚖️ Deputatlik so‘rovida qurilish ishlarining qo‘shni yer uchastkalari mulkdorlarining huquq va qonuniy manfaatlariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligiga huquqiy baho berish, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining avvalgi xulosasida belgilangan 15 kunlik bartaraf etish talabi nima sababdan bajarilmaganini o‘rganish va qonunchilikda belgilangan tegishli choralarni ko‘rish masalalari ham qo‘yilgan.

💡 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat arxitektura nazorati departamenti boshlig‘i B.P. Karimovdan fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarga qonuniy yechim topish, vakolatli organlarning xulosa va ko‘rsatmalariga rioya qilinmasligi holatlariga barham berish hamda o‘rganish natijalari va ko‘rilgan choralar yuzasidan 10 kun muddatda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Mazkur masala fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qurilish va shaharsozlik talablariga rioya etilishi hamda vakolatli organlarning xulosa va ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida deputat Saidmurod Ismailov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1