35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahallalarda bandlikni ta’minlash — doimiy e’tiborda
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
3 KILOMETRLIK PIYODALAR YO‘LAGI: QURILISH SIFATI VA MUDDATI DEPUTAT NAZORATIDA!
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI DOIRASIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
Deputat nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan 15-Zuhro saylov okrugida joylashgan Qirguli mahallasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi va ko‘chaboshilar bilan suhbatlashilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirguli mahallasida 8 032 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 4 002 nafari ayollar, 1 073 nafari yoshlarni tashkil etadi. Mahallada 2 105 ta xonadon va 2 250 ta oila ro‘yxatga olingan.

2026-yilda mahallada jami 44 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Ayni paytda 2 nafar fuqaro, jumladan, 1 nafar yosh ishsiz sifatida qayd etilgan. Ularni ham doimiy daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan foydalanish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Mahallada bandlikni ta’minlash uchun yetarli iqtisodiy imkoniyatlar mavjud. Xususan, 96 ta tadbirkorlik subyekti, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi 81 ta xonadon faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 10 ta doimiy va 4 ta mavsumiy ish o‘rni mavjud. Kelgusida 22 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etish, kredit hisobidan 6 ta, ssuda va subsidiya asosida yana 2 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Mahallada tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 1,6 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilmoqda. Ushbu mablag‘larning 1,3 milliard so‘mlik qismi xizmat ko‘rsatish, chorvachilik hamda tikuvchilik-hunarmandchilik yo‘nalishlariga yo‘naltirilishi belgilangan.

O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar ham ko‘rib chiqildi. Hozirda mahallada kambag‘allik reestrida 64 ta oila, jami 234 nafar fuqaro mavjud. Ularning 27 nafari daromadini oshirish maqsadida subsidiya yo‘nalishiga kiritilgan. 21 nafar fuqaroning esa turli yo‘nalishlarda daromad manbaiga ega bo‘lishi va reestrdan chiqarilishi bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, 9 nafar fuqaro kredit asosida tadbirkorlikka jalb qilinishi, 12 nafari hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi, 8 nafari doimiy ish o‘rniga joylashtirilishi hamda 5 nafari ssuda va subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlanishi rejalashtirilgan.

Hududdagi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallada profilaktik hisobda 16 nafar fuqaro mavjud bo‘lib, ularning 2 nafari og‘ir toifaga, 7 nafari spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar toifasiga kiradi. Shuningdek, 1 nafar JIEMdan qaytgan fuqaro qayd etilgan. 5 nafar fuqaro otaliqqa olingan, ajrim yoqasidagi 5 ta oila bilan esa alohida profilaktik ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish yakunida mahallada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish hamda kambag‘allik reestridagi oilalarni bosqichma-bosqich daromadli faoliyatga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5