Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA QATNOVLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bandligi — doimiy e’tibor va amaliy yondashuvni talab qiladigan muhim masala.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADA OILALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH CHORALARI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan tumandagi 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabda o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilida sifatli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, sport zali, sanitariya-gigiyena holati hamda bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida isitish tizimlarining sozligi, mavjud jihozlarning holati, maktab hududining obodonlashtirilishi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash hamda kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish va ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib, xavfsiz hamda qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6