Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Danayev tomonidan Do‘stlik mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammo va ehtiyojlarini aniqlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, ayni vaqtda olib borilayotgan xatlov jarayonlari, yoshlar haqidagi ma’lumotlarni shakllantirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✅Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar bildirilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda xatlov jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.