35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR TINGLANIB, YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI INFOKIOSK YORDAMIDA AHOLIGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
янв.21
OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Mahallalarda bandlikni ta’minlash — doimiy e’tiborda
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
“Og‘ir mahallada” amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son Farmoniga asosan tumandagi “og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan o‘rganildi.

🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yil 24-fevraldagi VII-27-10-10-136-K/26-sonli qaroriga asosan tumanning “Bog‘iston” mahallasi “og‘ir mahalla” sifatida e’tirof etilgan. Rejaga ko‘ra, mahallaga jami 4,5 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, ushbu mablag‘lar hisobidan elektr ta’minotini yaxshilash, tungi yoritish tizimini kengaytirish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, ichki yo‘llarni asfaltlash, quyosh fotoelektr stansiyasi qurish hamda hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Mahalla raisi Sh.Nishonov ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish davomida rejalashtirilgan ishlarning bir qismi amalga oshirilgani kuzatildi. Xususan, mahallada piyodalar yo‘laklari qurilgan, aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarga qulay harakatlanish imkoniyatlari yaxshilangan. Elektr ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida 1 ta 400 kVt quvvatga ega transformator o‘rnatilgan. Shuningdek, mahalla hududida 40 ta tungi chiroq o‘rnatilib, ko‘chalarning kechki vaqtda yoritilishi yaxshilangan.

Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish doirasida 27 ta beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, 1,3 km SIP tarmoqlari tortilgan. Mazkur ishlar elektr energiyasini aholiga yanada barqaror yetkazib berish va tarmoqlardagi mavjud muammolarni kamaytirishga qaratilgan. Shuningdek, mahallaga to‘liq internet tarmog‘i tortilishi natijasida aholining zamonaviy axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaygani qayd etildi.

🔺O‘rganish kunida mahalla ichki yo‘llarini obodonlashtirish ishlarining muhim qismi bo‘lgan asfaltlashtirish ishlari davom ettirilayotgani kuzatildi. Deputat tomonidan mazkur ishlarni belgilangan hajmda, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, mahallada aholiga qushimcha qulayliklar yaratish maqsadida mahalla guzari tashkil etish uchun belgilangan hudud va mavjud imkoniyatlar o‘rganildi.

🔺Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatiga, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga, obyektlarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishiga hamda yaratilgan infratuzilma aholiga amalda qulaylik berishiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9