Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR SPORTI — SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLOD POYDEVORI
янв.21
“TOLBULOQ” MFYDA YO‘L VA ELEKTR TA’MINOTI MASALALARI YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
MAKTAB KUTUBXONASI — O‘QUVCHILAR MUTOLAASI VA MA’NAVIY RIVOJINING MUHIM MASKANI
янв.21
YANGI ISH O’RINLARINI YARATISH - AHOLI BANDLIGINI TA”MINLASHNING MUHIM OMILI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI: QATNOVLAR MUNTAZAMLIGI, XIZMAT SIFATI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTATLAR QARORI — TUMANIMIZ RIVOJI VA AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA MUHIM QADAM
янв.21
UMUMTA’LIM MAKTABINING SPORT ZALI VA UNDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, JIHOZLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH QARORI BILAN BOLALAR SPORTI VA SAN’ATIGA 195 MILLION SO‘M MABLAG‘ AJRATILDI!
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot va uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynayotgan muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, bandlikni ta’minlash, kommunal xizmatlar sifati hamda hududni obodonlashtirishga oid taklif va murojaatlar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir masala diqqat bilan tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Deputat aholi manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijobiy hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1