Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA QATNOVLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bandligi — doimiy e’tibor va amaliy yondashuvni talab qiladigan muhim masala.
янв.21
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADA OILALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH CHORALARI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏘 MAHALLADAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Boybuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O. Mengliyeva bilan mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
🌱 Suhbat davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasini yaratish” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mahallaning obodonlashtirish va sanitariya-tozalik holati, ko‘chalar va yo‘llarning ahvoli, piyodalar uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘cha yoritish tizimi, chiqindilarni bartaraf etish hamda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
💡 Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Mahalla rivoji va aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 2