35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH HOLATI, AYNIQSA, XAVF DARAJASI YUQORI BO‘LGAN HUDUDLARDA JINOYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA TIRBANDLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORLARDAGI AHOLI ISTE’MOLI UCHUN ENG ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA MAHSULOTLARNING YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTAB KUTUBXONASINING FAOLIYATI, KITOB FONDI VA O‘QUVCHILARNING KITOBXONLIKKA JALB ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI VA ATROFIDAGI HUDUDLAR TOZALIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI DAVLAT RAHBARI BILAN MULOQOTDA MUHIM TASHABBUSNI ILGARI SURDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
#munosabat

🔰Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – deputat e’tiborida

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi 19-Xumin saylov okrugidan saylangan deputati N. Fatullayeva tomonidan saylov okrugida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

➡️O‘rganish davomida fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, tibbiyot muassasalarining faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

➡️Shuningdek, aholi bilan suhbatlar davomida ularning tibbiy xizmatga oid murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda bartaraf etish, aholiga tibbiy yordamni yanada yaxshilash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

➡️Deputat N. Fatullayeva ta’kidlaganidek, fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, tibbiy yordamning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

➡️Bunday o‘rganishlar orqali saylovchilarning murojaatlari amaliy jihatdan o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yib boriladi.

Slide 1 of 7