📌 Deputatlar aholi bilan uçraşib, murojaatlarni tingladi
✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşi deputati Tolib Jahongirov va Haydar Urakov Samarqand tumanidagi “Andijoni” mahallasi aholisi bilan navbatdagi uçraşuv ötkazdi.
🌀Uçraşuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va mulohazalar atrofliça tinglanib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda aholi turmuş farovonligini oşirişga doir masalalar muhokama qilindi.
➡️ Xususan, mahalla hududini obodonlaştiriş, içki infratuzilma obyektlari holatini yaxşilaş, mavjud muammolarni bartaraf etiş hamda aholi uçun yanada qulay yaşaş şaroitlarini yaratiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
♾Fuqarolar özlarini qiynayotgan muammolar va hududni rivojlantiriş böyiça takliflarini bildirib, amaliy yeçim talab etadigan masalalar yuzasidan fikr almaşdilar. Ayrim murojaatlar joyida muhokama qilinib, tegişli mas’ullarga vazifalar belgilandi.
⚡️ Uçraşuv yakunida deputat aholi bilan oçiq muloqot va bevosita uçraşuvlar muammolarni öz vaqtida aniqlaş hamda ularning yeçimini topişda muhim ahamiyat kasb etişini ta’kidlab, bildirilgan murojaatlar nazoratga olinişini qayd etdi.