📌 Doimiy komissiya yiğilişi bölib ötdi.
✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantiriş va iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça doimiy komissiyasining navbatdagi yiğilişi Xalq deputatlari viloyat Kengaşi binosining 11-qavati "Deputatlar xonasi"da bölib ötdi. Unda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi, kommunal xizmatlar, byudjet mablağlaridan foydalaniş hamda hududlarni rivojlantirişga oid quyidagi masalalar muhokama qilindi.
🔹 Samarqand viloyatida içimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilaş masalasi körib çiqildi.
🔹 Viloyatning ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturlari doirasida içimlik suvi ta’minoti tizimini yaxşilaş borasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ direktori T.Boboyevning hisoboti tinglandi.
🔹 Uy-joy fondini yaxşilaş va kommunal sohada amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan viloyat Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi boşliği B.Negmatovning hisoboti körib çiqildi.
🔹 Samarqand viloyati tuman va şaharlaridagi mahallalar çegaralarini belgilaş masalasi muhokama qilindi.
🔹 Payariq tumanida jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkasini olib qöyiş böyiça taqdimot materiallarini körib çiqiş hamda mulkdorlar bilan oçiq muhokamalar ötkazişga ruxsat beriş masalasi yuzasidan fikr almaşildi.
🔹 Viloyat mahalliy byudjetining qöşimça manbalaridan foydalaniş böyiça takliflar körib çiqildi.
🔹 Samarqand viloyatining viloyat byudjetidan 2026-yil davomida ma’qullaştirilgan mablağlarni yönaltiriş masalasi muhokama qilindi.
🔹 Viloyat hokimining 2026-yil 20-avgustdagi 322-7-0-Q/25-sonli qarori bilan ajratilgan mablağlarning sarflanişi yuzasidan viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari B.Mirzayevning hisoboti tinglandi.
🔹 Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi hamda Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki bilan hamkorlikda işlab çiqilgan “Özbekistonda energiya samaradorligi va toza energiya” loyiha konsepsiyasini tasdiqlaş masalasi körib çiqildi.
🔹 Şuningdek, kun tartibidagi boşqa masalalar yuzasidan ham tegişli muhokamalar ötkazildi.
📝 Yiğiliş davomida masalalar yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan savol va takliflar bildirilib, tegişli tavsiyalar işlab çiqildi hamda qaror loyihalari sessiya muhokamasiga kiritiş uçun ma’qullandi.