Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev, Kengash deputati A.Uljayeva va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan tuman mahalliy budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida tuman Madaniyat bo‘limida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tuman mahalliy budjetidan ajratilgan 60 million so‘m mablag‘ hisobidan tuman Madaniyat bo‘limining tashqi va ichki fasad qismlari, faollar zali ta’mirlanayotganligi aniqlandi.