#Deputatlik_nazorati #deputat_daftari #partiya_guruhlari
ISTIROHAT MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTAT DAFTARIDA
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “3-Istirohat” saylov okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan “Deputat daftari”ga Istirohat mahallasini o'rganish jarayonidagi asosiy muammoli murojaatlar qayd etildi.
🕯 Murojaatlarga ko'ra Istirohat mahallasi, Istirohat ko'chasidagi mavjud muammo hamda 236-sonli umumta'lim maktabidagi muammo joyiga chiqib o'rganildi hamda holat “Deputat daftari”ga qayd etildi.
📈 Mazkur murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, masalani tegishli tashkilotlar va mutasaddilar bilan hamkorlikda ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish belgilandi.
📈 Deputat daftari — muammoni shunchaki qayd etish emas, balki uni yechimga yo‘naltirish va natijasini nazorat qilish vositasidir.