Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADA OILALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH CHORALARI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“QO‘SHCHINOR” BOG‘IDAGI “YOSHLAR MARKAZI” QURILISHI JAMOATCHILIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI VA “MADAD” NNT: AHOLI HUQUQIY MANFAATLARI YO‘LIDA HAMKORLIK
янв.21
QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
Deputatlik nazorati — amaliy natija sari

#Deputatlik_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi

Deputatlik nazorati — amaliy natija sari

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari, shuningdek, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

📁 O‘rganish davomida tumandagi Paxtakor mahallasi, Ko‘k yungichka ko‘chasida olib borilayotgan yo‘lni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 14-avgustdagi III-32-71-14-202-K/26-sonli qaroriga asosan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda.

🗣 Ta’kidlash joizki, mahallalar hududida turli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash yoki yangilash jarayonida elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan yo‘l qoplamalarining qazilishi natijasida ayrim ko‘chalarda asfalt qoplamasi buzilishi, chuqurchalar va notekisliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, avtomobil haydovchilari va piyodalar uchun noqulayliklar tug‘dirib, yo‘l harakati xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini yuzaga keltiradi.

📈 Shu nuqtayi nazardan, qazish ishlari amalga oshirilgan hududlarni qayta asfaltlash va yo‘l qoplamalarini tiklash ishlari mahallalarning obodonligi, infratuzilma yaxlitligi hamda aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyatga ega. Deputat tomonidan olib borilgan o‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qog‘ozdagi qaror va rejalarning amalda qanday bajarilayotganini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar oldiga tegishli vazifalarni qo‘yishdan iborat.

⚙️ Mahallalarda amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va obodonlashtirish ishining zamirida, avvalo, aholi manfaatlari turadi. Shu bois bunday ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 5