35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI DAVLAT RAHBARI BILAN MULOQOTDA MUHIM TASHABBUSNI ILGARI SURDI
янв.21
OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT, ISHLAB CHIQARISH VA BANDLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMAD MANBALARINI KENGAYTIRISH MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI.
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI.
янв.21
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH, BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA MANFAATLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR: 15 NAFAR FUQARO ISH BILAN TA’MINLANDI
#murojaat_ijrosi #qabul

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi qabulni o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni bevosita muloqot orqali tinglash va ularga tezkor hamda adolatli yechim topish maqsadida tashkil etildi.

Qabul davomida har bir fuqaro bilan yuzma-yuz suhbatlashilib, ular ko‘targan har bir masala sinchiklab o‘rganildi. Muloqot chog‘ida barcha tafsilotlar yozib borildi va murojaatlar ko‘rib chiqilishida amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.
"Fuqarolarimiz bilan ochiq muloqot o‘rnatish — ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirish va yuzaga kelayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topishning eng samarali yo‘lidir," — dedi Doniyor Karimov.

Olmaliq shahar Kengashi aholining hayotiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, xalq bilan muloqotni izchil davom ettirish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ishlarini faollashtirib bormoqda.

Slide 1 of 3