35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH, BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR UCHUN YARATILGAN SPORT INSHOOTLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA MANFAATLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR: 15 NAFAR FUQARO ISH BILAN TA’MINLANDI
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA OILALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI DOIRASIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH, OILALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
Yuksalish sari dadil qadamlar

Mahallada 300 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan yirik loyiha ishlari boshlandi. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida ko‘plab oilalarning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanib, aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlashda muhim qulaylik yaratiladi.

Shuningdek, hududda 90 o‘ringa mo‘ljallangan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib bitkazilib, hozirda foydalanishga topshirishga tayyor holatga keltirilgan. Zamonaviy bog‘chaning ishga tushirilishi mahalladagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun munosib sharoit yaratish bilan birga, ota-onalarga ham katta qulaylik beradi.

Bundan tashqari, “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida mahalladagi 3 kilometr yo‘l asfalt qilindi. Bu esa aholining erkin va xavfsiz harakatlanishi, transport qatnovining yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tuman Kengashi deputatlari Q. Chorshanbiyev, D. Shoimqulova va R. Mengziyayevalar yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi, yaratilayotgan sharoitlar hamda aholi uchun kutilayotgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdilar.

Yuksalish mahallasidagi bunday amaliy ishlar hududning yanada obod qiyofa kasb etishi va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4