35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AGRAR, SUV XO‘JALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI, AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH VA BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KENGASH ISH REJASI DOIRASIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH HOLATI, AYNIQSA, XAVF DARAJASI YUQORI BO‘LGAN HUDUDLARDA JINOYATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATI SIFATI VA TIRBANDLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOZORLARDAGI AHOLI ISTE’MOLI UCHUN ENG ZARUR MAHSULOTLAR NARX-NAVOSI VA MAHSULOTLARNING YETARLILIGI O‘RGANILDI
🔰Aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputat e’tiborida

🔰Aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputat e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov tomonidan Ushot mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida, avvalo, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
➡️Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish va daromadlarini oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

👉Aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish – doimiy e’tibor va amaliy nazoratda.

Slide 1 of 2