35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI.
янв.21
FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILIB, ULARNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI, YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI, KO‘CHALARNI TUNDA YORITILISHI, O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI VA SOHADAGI QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI.
TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 6-“Sarbon” saylov okrugidan saylangan deputati Xabibulla Akilov saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining o‘rinbosari Bekzod Nazarov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Yusubov, XDP partiyasi vakillari, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati vakillari va tuman Kengashi deputatlari, shuningdek, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari, “Mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Axborot davomida 2026-yilning ikkinchi choragida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjet, kommunal infratuzilma, ijtimoiy soha va aholi murojaatlariga oid masalalar muhokama qilingani qayd etildi.

🏢 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash doirasida “Humoyun” mahallasidagi 7 ta uyning 720 kv.m tom qismi ta’mirlandi. “Ahmad Yugnakiy” mahallasida 5 ta ko‘p kvartirali uyning 20 ta, “Jasorat” mahallasida 10 ta uyning 31 ta kirish yo‘lagi ta’mirdan chiqarildi.

🔧 Shuningdek, “Ahmad Yugnakiy” va “Al-Farobiy” mahallalaridagi jami 4 ta ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida ta’mirlash ishlari olib borildi. “Geofizika” mahallasidagi 8 ta uyning 24 ta, “Al-Farobiy” mahallasidagi 8 ta uyning 33 ta kirish eshigi yangilandi. “Ahmad Yugnakiy” mahallasidagi 7 ta uy atrofidagi 960 kv.m kichik yo‘lak ta’mirlandi.

♻️ Hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratilib, Ahmad Yugnakiy, Al-Farobiy, Alisherobod, Beshkapa, Chingeldi, Geofizika, Geologlar, Gulzorobod, Humoyun, Ijodkor, Iqtidор, Jasorat va Ko‘hna Mevazor mahallalaridan jami 11,8 ming tonnadan ortiq chiqindi olib chiqildi.

🔺 “Humoyun” mahallasidagi 10 ta ko‘p kvartirali uyning 22 ta kirish yo‘lagidagi liftlar joriy ta’mirlandi. Aholi va bolalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida esa “Humoyun”da 5 ta, “Geofizika”da 2 ta, “Jasorat”da 3 ta — jami 10 ta bolalar maydonchasi ta’mirdan chiqarildi.

🔎 Uchrashuvda mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘cha yoritilishi, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, liftlar, elektr, gaz va suv ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, bolalar maydonchalari, yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya hamda tibbiy xizmat sifati kabi masalalar ham muhokama qilindi.

💬 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat hamda mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlarga kiritish va zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

✅ Yakunda Xabibulla Akilov 6-“Sarbon” saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, kommunal va infratuzilmaviy muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazorat qilish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarga erishish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10