35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI VA SOHADAGI QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN UCHRASHIB, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
#Deputat_nazorati BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI



🔎 O‘rganish davomida hududda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni aholi va tashkilotlarga yetkazish, qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
📚 Hisobot davrida tuman Adliya bo‘limi tomonidan 850 ga yaqin yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘limlariga yetkazilgan.
⚖️ Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, qonunchilikni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi topshirig‘i hamda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi buyrug‘i asosida tegishli tashkilotlarda 20 ta o‘rganish va 12 ta yo‘nalishda monitoring o‘tkazilgan.
📌 O‘rganishlar davomida jami 103 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan.
📢 HUQUQIY TARG‘IBOT ISHLARI
Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida hisobot davrida jami 172 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.
Shundan:
🔹 51 tasi ommaviy axborot vositalari orqali;
🔹 12 marotaba televideniyeda chiqish;
🔹 16 marotaba radioda chiqish;
🔹 13 ta maqola gazetalarda chop etilgan.
👨‍👩‍👧‍👦 FHDYO SOHASIDAGI KO‘RSATKICHLAR
2026-yilning ikki choragi davomida Chinoz tumani FHDYO organlarida:
👶 Tug‘ilish — 1 016 ta
💍 Nikoh — 346 ta
📄 Ajrim — 115 ta
🕊 O‘lim — 326 ta
Shuningdek, fuqarolarga eksterritoriallik tamoyili asosida 1 422 ta xizmat ko‘rsatilgan. Bu esa aholining ortiqcha ovora bo‘lishining oldini olish va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
📑 YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI FAOLIYATI
Chinoz tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida mehnat va fuqarolik munosabatlariga oid jami 26 658 ta hujjat ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan.
Shundan:
✅ 23 783 ta hujjatga ijobiy xulosa berilgan;
📌 Salbiy xulosa berilgan holatlar mavjud emasligi qayd etildi.
🤝 O‘rganish yakunida deputat Surayyo Axmedova va Chinoz tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i F. Xaitmetov o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
📌 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar tashkilotlar faoliyatidagi mavjud masalalarni aniqlash, ularni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3