35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY BUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI VA SOHADAGI QONUNCHILIK IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH RAISI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN UCHRASHIB, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bo‘stonliq tumanida kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan “Achchisoy” mahallasiga biriktirilgan deputat M.Ashurov tomonidan tuman hokimligining mas’ullari ishtirokida “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borildi.

Tumanning “Achchisoy” mahallasida jami 644 ta oilalar istiqomat qilib, ularning 207 nafar a’zolari bo‘lgan 39 tasi yoki 6,1 foizi kambag‘al oila sifatida reyestrga kiritilgan.

🔻Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan tumanda hokim boshchiligida maxsus shtablar tashkil etilib, banklar, bandlik idoralari va iqtisodiy kompleksning boshqa tashkilotlari ushbu shtablar bilan birgalikda aholi bandligi va daromadini oshirish masalalarini joyning oʻzida hal qilishi belgilangan.

🔻O‘rganish davomida kambag‘al oilalarning xonadonlarning mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holati, oilaviy sharoiti va daromad manbalari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Har bir xonadonda oilani kambag‘allikdan chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlashga alohida ahamiyat berildi. Shuningdek, oilalar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar va ehtiyojlar tinglandi. Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashda har bir xonadonning holatidan kelib chiqib, manzilli va individual yondashuv asosida ish tashkil etish zarurligi qayd etildi.

🔻Deputat tomonidan kambag‘al oilalar bilan ishlashda faqat bir martalik yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, ularning doimiy va barqaror daromad manbaini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, har bir xonadon bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi va muammolarning amalda hal etilishini nazorat qilib borish zarurligi qayd etildi.

🔻“Xonadonbay” o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarning mas’ullar tomonidan hal etilishi, kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan choralarning amalga oshirilishi va natijadorligi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 5