35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH RAISI TOMONIDAN PARKENT TUMANIDA GAZ TA’MINOTI HOLATI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI “MAHALLA YETTILIGI” BILAN MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI VA QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA RAISI TOMONIDAN KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.
янв.21
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI VA “CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqarolar murojaati asosida “Bandi Eshon” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasida deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javobda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlari asosida tasdiqlangan 2026-yilgi manzilli dasturiga muvofiq, “Davronbek” MFY hududidan “Bandi Eshon” ko‘chasi 2026-yilgi asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan.

Shuningdek, manzilli dasturga muvofiq “Davronbek” MFY “Bandi Eshon” ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari joriy yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan ijobiy munosabat bildirilib, ko‘chani asfaltlashtirish ishlari dastur asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi